Terens Krouford beshta vazn toifasida jahon chempioniga aylandi (videosharh)

13 sentyabrdan 14 sentyabrga o‘tar kechasi AQSHning Las-Vegas shahrida professional boks kechasi bo‘lib o‘tdi. Turnirning asosiy voqeasi supero‘rta vazn toifasida mutlaq jahon chempioni unvoni uchun Saul Alvares va Terens Krouford o‘rtasidagi jang bo‘ldi.

Jang barcha 12 raund davom etdi va hakamlarning bir ovozdan qarori bilan (116-112; 115-113; 115-113) Krouford g‘alaba qozondi. Bu natija orqali u mutlaq jahon chempioniga aylandi.

Krouford uchun bu ushbu vazn toifasidagi ilk jang edi va u tarixiy rekord o‘rnatdi — zamonaviy boks tarixida hech bir erkak bokschi uchta divizionda mutlaq chempion bo‘lmagan.

37 yoshli Krouford haligacha faoliyati davomida mag‘lubiyatga uchramagan. U o‘z faoliyatidagi 42-g‘alabasini qayd etdi. Alvares esa uchinchi mag‘lubiyatini tan oldi. Uning hisobida, shuningdek, 63 g‘alaba va ikki durang mavjud.

Bu jangga qadar u yengil, birinchi yarimo‘rta, yarimo‘rta va birinchi o‘rta vazn toifalarida jahon chempioni bo‘lgan. Yarimo‘rta va birinchi yarimo‘rta vaznda esa Terens mutlaq jahon chempioni edi.

Manba: stadion.uz

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter