Ranyeri «Roma» nega Sanchoni o‘z safiga qo‘shib olmasligini tushuntirdi
«Roma»ning sobiq bosh murabbiyi, hozirda klubda maslahatchi lavozimida ishlayotgan Klaudio Ranyeri Jeydon Sancho bilan shartnoma imzolanmagani haqida gapirdi.
«Sanchoni qo‘lga kiritish uchun qimmatbaho o‘yinchini sotishimiz kerak edi, biz esa eng yaxshi o‘yinchilarimizni saqlab qolishni xohladik. Sancho bo‘yicha kelishuv moliyaviy jihatdan qimmatga tushgan bo‘lardi, ammo Gasperini buni talab qilganida, klub egalari uni baribir amalga oshirgan bo‘lardi,» – deya Ranyerining so‘zlarini keltiradi jurnalist Nikolo Skira.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/