«Barselona»ning yangi futbolchisi Flik haqida fikr bildirdi

«Barselona»ning 19 yoshli vingeri Runi Bardji jamoa bosh murabbiyi Xans-Diter Flik haqida fikr bildirdi.

«Flik – ajoyib murabbiy va ajoyib inson. U o‘z o‘yinchilari bilan to‘g‘ri gaplashishni biladi. Biz u bilan ko‘p marta yaxshi muloqot qilganmiz, shuning uchun «Barselona»ga o‘tganimdan xursandman», – deya Bardjining so‘zlarini keltiradi Barca Worldwide.

«Barselona» shvesiyalik iqtidor egasini yozgi transferlar vaqtida sotib oldi va «Kopengagen»ga ikki yarim million yevro to‘ladi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter