«MYU» futbolchisi «Bashakshehir»ga o‘tishga yaqin turibdi
«Manchester Yunayted» klubi qanot himoyachisi Tirell Malasia joriy transfer oynasidayoq jamoani tark etishi mumkin.
StrettyNews nashri tarqatgan xabarga ko‘ra «qizil iblislar» 26 yoshli niderlandiyalik futbolchini ijaraga olish uchun Turkiyaning «Istanbul Bashakshehir» klubidan rasmiy taklif olgan. Vaziyatga yaqin manbalarning aytishicha, ayni paytda ijara shartnomasiga o‘yinchini sotib olish imkoniyatini kiritish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda.
Malasia «Manchester Yunayted» safida 2022 yildan buyon to‘p tepib kelmoqda, ammo ayni damda u jamoa bosh murabbiyi Ruben Amorimning rejalaridan o‘rin olmagan. Bu mavsumda himoyachi biror marta ham qaydnomaga kiritilmadi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/