Pochettino nima uchun hech qachon «Barselona»ni boshqarmasligini tushuntirdi
«Espanyol»ning sobiq futbolchisi va murabbiyi Maurisio Pochettino nega u hech qachon «Barselona»ni boshqarmasligini tushuntirdi.
«Odamlar meni tez-tez so‘raydi: «Agar «Barselona» senga taklif bersa, nima derding?» deb. Men esa «Barselona»ni hech qachon boshqarmasligimni aytaman.
Aytishadiki, «Barsa» — klubdan ham ortiq. Bu nimani anglatadi? Biz bolalarni muayyan tarzda tarbiyalashimiz kerak deganimi? Menimcha, «Barselona» bu masalada adashyapti. «Barsa» — ajoyib klub, lekin ular boshqalarga singdirmoqchi bo‘lgan g‘oyalarni men qo‘llab-quvvatlamayman. Menim fikrimcha, «Espanyol» — «Barselona»ga qaraganda ancha ko‘proq Kataloniya klubi», — deya Pochettinoning so‘zlarini «Marca» El Cafelito podkastiga tayanib keltiradi.
Manba: championat.com
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/