Ispaniya terma jamoasi 12 yil davomida rekord darajadagi mag‘lubiyatsiz seriyani qayd etdi
Ispaniya terma jamoasi JCH-2026 saralash bosqichi 1-turida bolgariyalik raqiblarini safarda mag‘lub etib (3:0) mag‘lubiyatsiz seriyasini davom ettirdi.
Ispanlar birinchi bo‘limning o‘zidayoq uchta gol urishdi: 5, 30 va 38-daqiqalarda Mikel Oyarsabal, Mark Kukurelya va Mikel Merino gol urishdi. Shu tariqa, Opta’ning yozishicha, Luis de la Fuente jamoasi ketma-ket 21 ta o‘yinda (16 g‘alaba va 5 durang) mag‘lubiyatga uchramagan – bu «qizil furiya» uchun Visente del Boskedan beri eng uzoq davom etgan mag‘lubiyatsiz seriya (2011-2013 yillar oralig‘ida 26 o‘yin).
7 sentyabr kuni Ispaniya terma jamoasi Turkiya bilan safarda uchrashadi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/