«Chelsi» vingerining «Fulxem»ga o‘tishiga «yashil chiroq» yoqdi
«Fulxem» «Chelsi» bilan Tayrik Jorjni sotib olish bo‘yicha kelishuvga erishdi.
19 yoshli vinger uchun kelishuv umumiy qiymati 22 mln funt bo‘lib, qayta sotilganda ulush ham kiritilgan.
Angliya yoshlar terma jamoasi hujumchisi 5 yillik shartnoma shartlarini kelishib olgan.
«Chelsi» Tayrikka «Fulxem» futbolchisi sifatida tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun ruxsat berdi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/