Soboslai: «Yaxshiyamki, jarima zarbalarini mashq qilgan ekanmiz»
“Liverpul” 83-daqiqada Dominik Soboslaining jarima zarbasidan kiritilgan goli evaziga “Arsenal”ni 1:0 hisobida mag‘lub etdi.
Soboslai o‘yindan keyin fikr bildirdi.
«Yaxshiyamki, jarima zarbalarini mashq qilgan ekanmiz. Men bir imkoniyatdan foydalanaman deb o‘ylagandim.
Ishonchim komil edi, sinab ko‘rdim va nihoyat jarima zarbasidan gol urdim. Biz jarima zarbalarini ijro etgan Trentni eslaymiz. Endi menda imkoniyat bor edi va men buni amalga oshirdim», – dedi futbolchi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/