Mbappe Fransiya sardori bo‘lib qoladimi?
Kilian Mbappe Fransiya terma jamoasi sardori bo‘lib qoladi.
Eslatib o‘tamiz, «Real» hujumchisi o‘tgan yilning kuzida milliy jamoaning ikki yig‘inini o‘tkazib yuborganidan so‘ng, mart oyida jamoaga qaytgan edi.
«Liderlarga kelsak, men bu vazifani bir necha futbolchiga topshirdim, chunki bu ularga ham oldinga qadam tashlash imkonini beradi. Yetakchilarga ega bo‘lish har doim muhim bo‘lgan.
Axir gap sardorlik bog‘ichida emas-ku, bu kimgadir yarashadigan, kimgadir yarashmaydigan mas’uliyat. Men vaziyatdan kelib chiqib tanlayman, lekin sardor sardorligicha qoladi va bu Kilian.
Ammo u yolg‘iz emas va u ham jamoada yetakchilik qobiliyatiga ega bo‘lgan boshqa futbolchilarga tayanishi kerak,» – dedi Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Didye Desham.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/