«Arsenal» «Jirona» himoyachisi transferini amalga oshirishga tayyor
Ispaniyaning «Jirona» klubiga tegishli bo‘lgan 22 yoshli himoyachi Arnau Martines Angliya Premyer-ligasining top-klublaridan biriga ko‘chib o‘tishi mumkin. Bu haqda Footmercato jurnalistlari xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, futbolchining transferiga Londonning «Arsenal» klubi qiziqish bildirmoqda. «Kanonirlar» rahbariyati futbolchining transferi uchun sakkiz million yevro va yana ikki million bonus to‘lovlarini taklif qilmoqda.
O‘tgan mavsumda himoyachi 39 ta o‘yinda qatnashib, 3 ta gol va 3 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. Uning mehnat shartnomasi 2027 yil iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan. Arnauning bozor narxi o‘n million yevroga baholanmoqda.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/