«Real» so‘nggi 10 yil ichida birinchi marta La Liganing ikkita boshlang‘ich o‘yinida gol o‘tkazib yubormadi
Madridning «Real» klubi bu safar ham «quruq» g‘alabaga erishdi – bu safar ular «Real Ovyedo»ni mag‘lub etishga muvaffaq bo‘ldi (3:0).
Xabi Alonso jamoasi Kilian Mbappening dubli va Vinisius Juniorning aniq zarbasi evaziga uch ochkoni ishonchli tarzda qo‘lga kiritdi. «Qaymoqranglilar» hisobida La Liganing ikki turidan keyin 6 ochko mavjud, to‘plar nisbati – 4:0. Opta’ning yozishicha, «Real» o‘n yil ichida birinchi marta chempionatning ikkita boshlang‘ich o‘yinida birorta ham to‘p o‘tkazib yubormadi. Umuman olganda, jamoa joriy asr boshidan buyon to‘rt marta bunga erishdi.
Madridliklar Ispaniya chempionati turnir jadvalida «Vilyarreal» va «Barselona» bilan birinchi o‘rinni bo‘lishib turibdi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/