«Milan» nega Bonifasening transferidan voz kechgani ma’lum bo‘ldi
Hujumchi Viktor Bonifase «Milan»ga o‘tmaydi. 24 yoshli nigeriyalik futbolchining transferi barbod bo‘ldi. Kicker nashri tarqatgan xabarga ko‘ra «rossonerilar» tibbiy ko‘rik natijalarini tahlil qilib, hujumchidan voz kechishgan. A Seriya klubiga Bonifasening tizzasi holati yoqmadi.
Aytish joizki, Viktor Bonifase faoliyati davomida ikki marta tizzasining xochsimon bog‘lami yirtilishi tufayli uzoq muddatga safdan chiqqan.
Shunday qilib, Bonifase Leverkuzenga qaytib keldi. Manbaning ta’kidlashicha, nigeriyalikning tizzasi mavsumoldi tayyorgarlik boshlanishidan oldin individual mashg‘ulotlarni qiyinlashtirgan bo‘lishi mumkin.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/