«Milan» tibbiy ko‘rikdan so‘ng «Bayer» forvardi transferidan bosh tortishi mumkin
Viktor Bonifasening «Milan»ga o‘tishi barbod bo‘lishi mumkin.
Avvalroq, Italiya klubi «Bayer» hujumchisini 24 mln yevroga sotib olish huquqi bilan 5 mln yevroga ijaraga olishi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Biroq, futbolchi tibbiy ko‘rikdan o‘tganidan so‘ng, kelishuv so‘roq ostida turibdi, deb yozadi jurnalistlar Sasha Tavolyeri va Patrik Berger. Hozircha yakuniy qaror yo‘q – «rossonerilar» uni bugun qabul qilishi kutilmoqda.
Bonifase o‘tgan mavsumda Bundesligada 19 o‘yinda 8ta gol va 1ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/