«Inter» futbolchisi «Barselona»ga o‘tishni xohlaydi
Milanning «Inter» klubi himoyachisi Benjamen Pavar «Barselona»da o‘zini sinab ko‘rmoqchi. 29 yoshli futbolchini «Galatasaroy» o‘z safiga qo‘shib olmoqchi, ammo fransuz turk klubiga o‘tish istagida emas. Jurnalist Ekrem Konurning ma’lum qilishicha, Pavar taklif bo‘lsa, «Barselona»ga o‘tishni ma’qul ko‘rmoqda. Futbolchiga «ko‘k-anorranglilar» ham qiziqish bildirayotgan edi.
Yaqinda Benjamen Pavarga da’vogarlar qatorida Saudiya Arabistoni chempionati vakillari va Fransiyaning «Marsel» klubi ham tilga olingan edi. Transfermarkt portali ekspertlari jahon chempionining narxini 25 mln yevroga baholamoqda.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/