«Man Siti» va Diash shartnomani uzaytirdi
«Manchester Siti» va Ruben Diash yangi shartnoma imzoladilar.
28 yoshli himoyachi ingliz klubi bilan shartnomani 2029 yilgacha uzaytirdi. Ruben Diash 2020 yildan beri «Manchester Siti» safida to‘p tepmoqda.
Portugaliyalik futbolchi «shaharliklar» tarkibida hozirga qadar to‘qqizta sovrinni, jumladan APLning to‘rtta unvoni va Chempionlar ligasi g‘olibligini qo‘lga kiritgan.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/