«Borussiya Dortmund» bosh murabbiyi yangi mavsum oldidan o‘z fikrlarini bildirdi

Dortmundning «Borussiya» klubi bosh murabbiyi Niko Kovach Germaniya chempionatining yangi mavsumi boshlanishi haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Biz mavsumning birinchi qismini yaxshi o‘tkazmoqchimiz. Ammo birinchi o‘yin oldidan raqib qanday formada ekanini hech kim bilmaydi. O‘tgan mavsumda «Sankt-Pauli» o‘z uyida yaxshi o‘ynadi, bu oson o‘yin bo‘lmaydi. Biz yaxshi jismoniy formada bo‘lishimiz kerak», – deya Kovachning so‘zlarini keltiradi «asalarilar» matbuot xizmati.

Germaniya chempionati 1-turidan o‘rin olgan «Sankt-Pauli» – «Borussiya» uchrashuvi 23 avgust kuni bo‘lib o‘tadi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter