«Bavariya» o‘z rekordini yangiladi

«Bavariya» 2025 yilda tarixda 11-marta Germaniya Superkubogini qo‘lga kiritdi, bu milliy rekord hisoblanadi. 16 avgustdan 17 avgustga o‘tar kechasi «Bavariya» «Shtutgart»ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi.

Bungacha «Bavariya» 1987, 1990, 2010, 2012, 2016, 2017, 2018, 2020, 2021 va 2022 yillarda Germaniya Superkubogini qo‘lga kiritgan.

Mamlakatning eng ko‘p Superkubokni qo‘lga kiritgan ikkinchi klubi Dortmundning «Borussiya» klubi bo‘lib, uning hisobida oltita shunday sovrin bor (1989, 1995, 1996, 2013, 2014 va 2019).

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter