«Arsenal» burchak to‘pidan gol urish borasida APLda yetakchi
Bugun, 17 avgust kuni Londonning “Arsenal” klubi Angliya Premyer-ligasining yangi mavsumining birinchi turida “Manchester Yunayted”ga qarshi bahs olib bormoqda. Ayni damda o‘yin davom etmoqda. “Arsenal” 1:0 hisobida oldinda. Yagona gol burchak to‘pidan so‘ng Rikkardo Kalafyori tomonidan kiritildi.
OptaJoe portali ma’lumotlariga ko‘ra, 2023/24 yilgi mavsum boshidan beri «Arsenal» Premyer-ligada burchak to‘plaridan 31 ta gol urgan. Manbaga ko‘ra, bu boshqa jamoalardan 11 taga ko‘p.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/