Kyellini JCH-2026 finalida qaysi terma jamoalarni ko‘rmoqchi ekanligini aytdi

Kelgusi yilning yozida Shimoliy Amerikada navbatdagi jahon chempionati bo‘lib o‘tadi, uni bir vaqtning o‘zida uchta davlat – Amerika Qo‘shma Shtatlari, Meksika va Kanada qabul qiladi. Italiya terma jamoasining sobiq himoyachisi Jorjo Kyellini dunyoning eng nufuzli futbol musobaqasi finalida qaysi terma jamoalarni ko‘rmoqchi ekani haqida gapirdi.

«Italiya terma jamoasi u yerda bo‘lishiga juda umid qilaman, bolalarimiz milliy terma jamoani Mundialda ko‘rishlari kerak. Men Italiya va Anchelotti boshqaruvidagi Braziliya terma jamoalari o‘rtasidagi finalni orzu qilaman. Uning qo‘l ostida o‘ynamaganimdan juda afsusdaman,» – deya Kyellinining so‘zlarini keltiradi pianetamilan.it.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter