Uch nafar dzyudochimiz Yevropa yig‘iniga jo‘nab ketdi
17-24-avgust kunlari Ispaniyaning Valensiya shahrida dzyudo bo‘yicha xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini tashkil etiladi. Yevropa, Osiyo va Amerika qit’asidan 1000 nafarga yaqin sportchini jamlaydigan mazkur yig‘inda O‘zbekiston terma jamoasi vakillari ham ishtirok etadi.
Bugun Olimpiada sovrindorlari Davlat Bobonov va Alisher Yusupov, shuningdek, Shahram Ahadov ushbu yig‘inda qatnashish uchun Valensiyaga yo‘l olishdi. Sportchilarimizga murabbiy Nurali Qobulov hamrohlik qiladi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/