Xau: «Liverpul»ga qarshi o‘yinlar har doim juda shiddatli o‘tadi»

«Nyukasl» bosh murabbiyi Eddi Xau shanba kuni «Aston Villa»ga qarshi o‘yindan keyin (0:0) jamoasining Angliya Premyer-ligasidagi navbatdagi o‘yini haqida gapirdi.

25-avgust, dushanba kuni “zag‘izg‘onlar” o‘z uyida “Sent Jeyms Park”da amaldagi chempion “Liverpul”ni qabul qiladi.

«Liverpul»ga qarshi o‘yinlar har doim juda shiddatli o‘tadi. Har bir o‘yinning o‘z tarixi bor. Biz bu o‘yinni intiqlik bilan kutmoqdamiz.

«Liverpul» qanchalik yaxshi ekanini bilamiz», – dedi Xau.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter