Levandovski o‘tgan mavsumdagi eng og‘ir mag‘lubiyati qaysi bo‘lganini aytdi

Kataloniyaning «Barselona» klubi markaziy hujumchisi Robert Levandovski 2024/2025 yilgi mavsumdagi eng alamli mag‘lubiyat haqida gapirdi.

«Jamoaga yordam bera olmaganim uchun qattiq xafa bo‘ldim. Finalga yaqin qolgan edik. Oldinda «Barselona»ning yangi mavsumi bor, ishonchim komilki, jamoamiz yanada kuchliroq bo‘ladi. Bizda katta salohiyat bor,» – deya hujumchining so‘zlarini keltiradi ESPN.

Eslatib o‘tamiz, «Inter» Chempionlar Ligasi finalida Fransiyaning «PSJ» klubiga qarshi bahs olib bordi. Unda Italiya klubi yirik 0:5 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter