«Liverpul» forvardi Ekitike o‘zi havas qiladigan ikki futbolchini aytdi

«Liverpul» hujumchisi Ugo Ekitike Premyer-ligadagi debyut o‘yinidan keyin kumirlari haqidagi savolga javob berdi.

23 yoshli futbolchi «qizillar»ga 1-tur bahsida «Bornmut»ni mag‘lub etishga yordam berdi (4:2), gol urib, golli uzatmani amalga oshirdi.

«Bolalikdagi kumirlarim? Neymar va Karim Benzema. Benzemani futbol uchun qilgan ishlari uchun juda yaxshi ko‘raman, uni o‘zim uchun o‘rnak deb bilaman,» – dedi fransuz Sky Sports bilan o‘yindan keyingi suhbatda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter