«Yuventus»ga hujumchisining maoshi yoqmayapti
«Yuventus» hujumchisi Dushan Vlaxovich «Nyukasl» e’tiborini tortdi va yozgi transfer oynasi yopilgunga qadar klubini o‘zgartirishi mumkin.
Bu haqda La Gazette dello Sport nashri xabar bermoqda.
OAV xabariga ko‘ra, Turin klubi serbni yuqori maoshi – yiliga taxminan 12 million yevro olgani sababli sotishni ko‘rib chiqmoqda.
Shu bilan birga, murabbiy Igor Tudor futbolchining klubda qolishiga qarshi emas: u taktik sxemaga mos keladi va kiyim almashtirish xonasida hurmatga sazovor. “Barselona” avvalroq Vlaxovichga qiziqqan edi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/