«Manchester Siti» Rodrigoga uzoq muddatli shartnoma taklif qiladi
Angliyaning «Manchester Siti» klubi «Real»ning braziliyalik hujumchisi Rodrigoni sotib olishni jiddiy maqsad qilgan.
Insayder Nikolo Skiraning ma’lum qilishicha, tomonlar dastlabki muzokaralarni o‘tkazgan va muzokaralar ijobiy yakunlangan. Ta’kidlanishicha, «Manchester Siti» o‘z niyatlarining jiddiyligini ko‘rsatish uchun braziliyalikka 2030 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma taklif qilishga tayyor. Qaror Rodrigoning o‘zida bo‘ladi: agar u ketishni istasa, «Real» uni 100 million yevroga sotib yuboradi.
O‘tgan mavsumda 24 yoshli Rodrigo barcha musobaqalarni hisobga olgan holda 54 ta o‘yinda maydonga tushib, 14 ta gol urdi va 11 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/