«Milan» hujumchisi kuchli raqobatdan cho‘chimaydi

«Milan» hujumchisi Santyago Ximenes jamoaga yangi forvard kelishiga umuman qarshi emas.

Meksikalik o‘zining dastlabki olti oyida «rossonerilar» libosida porlay olmadi va 19 o‘yinda 6 ta gol urdi.

Klub yaqin orada Ximenes uchun raqobatchi bilan shartnoma imzolashi mumkin – «Manchester Yunayted»dan Rasmus Xyoylund va «Yuventus»dan Dushan Vlahovich asosiy maqsadlar qatorida.

«Bo‘lishi mumkin bo‘lgan raqobat meni bezovta qiladimi? Yo‘q, aksincha. Raqobat meni yanada ko‘proq ishlashga undaydi.

Ko‘p gol urish uchun qattiq mashq qilaman», – dedi Ximenes.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter