Gvardiola: «Reyndersning harakatlaridan juda mamnunman»
«Manchester Siti» bosh murabbiyi Pep Gvardiola yarim himoyachi Tijani Reyndersning o‘yini haqida gapirdi.
Niderlandiyalik futbolchi shanba kuni Italiyaning “Palermo” jamoasiga qarshi 3:0 hisobida yakunlangan o‘rtoqlik o‘yinida ikkita gol urdi.
«Biz uning jarima maydonchasiga yorib kirishdagi o‘ziga xos qobiliyatini bilardik. Reyndersni Italiyada ham yaxshi bilishadi.
U ikkita gol urdi va ajoyib o‘yin ko‘rsatdi. Tijani himoyaviy yarim himoyachi bo‘lishi mumkin, biroq u bizning hujumchilarimiz Xoland va Marmushga yordam berish uchun jarima maydonchasiga kirib borishni yaxshi ko‘radi.
Men uning harakatlaridan juda mamnunman», – dedi Gvardiola.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/