«Barselona» futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazishni keyinga qoldirdi
«Barselona» futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish masalasini keyinroqqa qoldirdi.
Diario Sport xabariga ko‘ra, «ko‘k-anorranglilar» muammoni keyingi haftada hal qilishni rejalashtirmoqda. Tez orada – 16 avgust kuni Xans-Diter Flik jamoasi La Liga yangi mavsumining birinchi turida «Malyorka»ga qarshi bahs olib boradi. Biroq Kataloniya grandi bosslari hamon barcha futbolchilar chempionat startiga qadar ro‘yxatdan o‘tkazilishiga ishonmoqda.
Birinchi rasmiy o‘yin oldidan «Barselona» Joan Gamper kubogida Italiyaning «Komo» klubiga qarshi maydonga tushadi – bellashuv yaqinlashib kelayotgan yakshanba, 10 avgust kuni bo‘lib o‘tadi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/