Qilichbozlarimiz Jahon chempionatini medalsiz yakunlashdi

Gruziyaning Tbilisi shahrida qilichbozlik bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi dunyo birinchiligi nihoyasiga yetdi.

Dunyoning 60 ta mamlakatidan kelgan 300 nafarga yaqin sportchilar qatorida o‘zbekistonlik atletlar ham medallar uchun bahs olib borishdi.

Qizlarimiz shpaga va sablya, yigitlar esa shpaga, rapira hamda sablya yo‘nalishlarida  o‘z mahoratlarini namoyish etishdi.

Islombek Abdazov, Sardor Abdukarimbekov, Musa Aymuratov va Zuhriddin Qodirovdan iborat yigitlar jamoamiz sablya yo‘nalishida 22, shpagada 23, rapira bellashuvlarida esa 31-natijani qayd etdi.

Ayollar terma jamoamiz esa jamoviy shpagada 25, sablya bahslarida 15-o‘rinni band etdi. Shu tariqa, joriy yilgi Jahon chempionati qilichbozlarimiz uchun nihoyasiga yetdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter