Zabarniy ilk bor «PSJ»ga o‘tishi mumkinligi haqidagi xabarga munosabat bildirdi

«Bornmut»ning ukrainalik himoyachisi Ilya Zabarniy ilk bor unga Fransiyaning «PSJ» klubi qiziqish bildirayotgani haqidagi xabarga munosabat bildirdi.

Futbolchi insayder Fabrisio Romanoning Parij klubi tez orada bu transferni amalga oshganini e’lon qilishi haqidagi postga layk bosdi.

«PSJ» Zabarniy bo‘yicha kelishuvni yopmoqda. Tez orada Zabarniy klubga yangi markaziy himoyachi sifatida qo‘shilgani haqida rasman e’lon qilinadi,» – deb yozadi Romano.

22 yoshli ukrainalikning bozor narxi 42 mln yevroni tashkil etadi, biroq parijliklar uning uchun 60 mln yevrodan ko‘proq – taxminan 68 million yevro to‘lashadi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter