Isroil terma jamoasi xavbeki «Ayaks»ga o‘tdi

«Ayaks» yarim himoya chizig‘ini kuchaytirdi – Niderlandiya klubiga avval «Red Bull Zalsburg»da o‘ynagan Oskar Glux o‘tdi. Amalga oshirilgan transfer «Ayaks» saytida rasman e’lon qilindi.

Isroil terma jamoasi futbolchisi besh yillik mehnat shartnomasini imzoladi. Bitim summasi ehtimoliy bonuslarni hisobga olmaganda 14,75 mln yevroni tashkil etdi. Niderlandiya klubida Glux 10-raqamda harakat qiladi.

Bu yil 21 yoshni qarshi olgan xavbek «Red Bull Zalsburg» safida 101 ta o‘yin o‘tkazib, 23 ta gol va 29 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. Sobiq jamoasi bilan Glux Avstriya chempioni bo‘ldi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter