A Seriya rahbari chempionatning birinchi turini AQSHda o‘tkazmoqchi
A Seriya rahbari chempionatning ilk turini AQSHda o‘tkazish istagini bildirdi.
«Mamlakat ichidagi translyasiyalar huquqi 2029 yilgacha sotildi. Biroq, endi biz chet elda huquqlarni sotishga e’tibor qaratishimiz kerak.
Aynan shuning uchun men chempionatning birinchi turini Italiyadan tashqarida – AQSHda o‘tkazishni xohlardim. Hatto moliyaviy taklif ham tushdi.
Kelajakda, ehtimol, qoidalar yumshoqroq bo‘lganida, bunday imkoniyatga ega bo‘lish juda yaxshi bo‘lardi,» – dedi A Seriya prezidenti Esio Simonelli.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/