«Atletiko» «Shtutgart» yarim himoyachisi bilan 2030 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzolaydi

«Atletiko» «Shtutgart»dan yarim himoyachi Enso Miyoni sotib olishga yaqin turibdi.

Nikolo Skiraning so‘zlariga ko‘ra, kelishuv yakuniy bosqichda bo‘lib, rasmiy e’lon qilishdan oldin so‘nggi tafsilotlarni hal qilish qoldi.

23 yoshli fransuz «matraschilar» bilan 2030 yilning yozigacha mo‘ljallangan shartnoma imzolashi kutilmoqda.

Miyo o‘tgan mavsumda 43 ta o‘yinda 12 ta gol va 8 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter