«Yuventus» Veani «Marsel»ga qo‘yib yuborishdan bosh tortmoqda – sababi ma’lum

«Marsel» hamon «Yuventus» bilan Timoti Veaning transfer shartlari bo‘yicha kelisha olmayapti.

Lateral pozisiyasida o‘ynaydigan 25 yoshli vinger provansliklar safiga o‘tishga rozilik bildirdi va tezroq transfer amalga oshishiga umid qilmoqda, ammo klublar o‘rtasidagi muzokaralar oson kechmayapti. Veaning agenti hayron, chunki iyun oyida «keksa sinyora» futbolchini «Nottingem Forest»ga 14 million yevroga sotishga tayyor edi, endi esa «Marsel»dan xuddi shunday taklifni qabul qilishdan bosh tortmoqda, deya xabar beradi jurnalist Nikolo Skira. Eslatib o‘tamiz, amerikalikning o‘zi «o‘rmonchilar»ga rad javobini bergan edi.

«Yuventus»ning o‘z sabablari bor: bosh direktor Damyen Kamolli Timoti Veaning «Marsel»ga 14 mln yevroga sotilishini ma’qullamoqchi emas, chunki nomi oshkor etilmagan ingliz klubi ancha ko‘proq – 18-20 mln yevro taklif qilmoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter