«Arsenal»: Yangi yulduzga harakat boshlandi
«Arsenal» joriy transferlar davrida «Kristal Pelas» hujumkor yarim himoyachisi Eberechi Ezeni sotib olishga urinib ko‘radi.
27 yoshli futbolchiga «kanonirlar» qiziqish bildirayotgani haqida avvalroq turli manbalar xabar tarqatgan edi. Bu ma’lumotni taniqli insayder Fabrisio Romano ham tasdiqlamoqda: uning ma’lumotlariga ko‘ra, «Arsenal» iyun oyidan beri Ezening atrofidagilar bilan aloqada bo‘lib turibdi, futbolchining o‘zi Mikel Arteta jamoasiga o‘tishni juda xohlamoqda. Hozircha klublar o‘rtasida muzokaralar olib borilmayapti, ammo tez orada boshlanishi kerak.
Shanba kuni London grandi Lissabonning «Sporting» klubi hujumchisi Viktor Dyokeresh bilan shartnoma imzolaganini rasman tasdiqladi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/