«PSJ» va «Fenerbaxche» Asensio borasida kelisha olmayapti

«Pari Sen-Jermen» va «Fenerbaxche» klublari hujumkor yarim himoyachi Marko Asensio bo‘yicha muzokaralarni davom ettirmoqda.

Parijliklar ispaniyalik bilan xayrlashmoqchi, turk klubi esa oy boshidanoq 29 yoshli futbolchi uchun asosiy da’vogar sifatida ko‘rilmoqda. Jurnalist Romen Kolle xabariga ko‘ra, tomonlar hali ham kelishuvning ba’zi shartlarini kelisha olmayapti. «Fenerbaxche» «PSJ» talablarini qondirishga tayyor emas va narxning pasaytirilishini talab qilmoqda.

Marko Asensioning transfer narxi Transfermarkt portali ekspertlari tomonidan 20 mln yevroga baholanmoqda. O‘tgan mavsumning ikkinchi yarmini futbolchi Angliyaning «Aston Villa» klubida ijarada o‘tkazgan edi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter