Ingliz klubi «Bolonya»ga himoyachi uchun 22 million yevro va bonuslar taklif qildi

«Sanderlend» «Bolonya»ga markaziy himoyachi Jon Lukumi uchun 22 mln yevro va bonuslar taklif qildi, deya xabar bermoqda insayder Nikolo Skira.

«Bolonya» Lukumi uchun 28-30 mln yevro olmoqchi va unga shartnomani 2029 yilning yozigacha uzaytirishni taklif qilgan, ammo futbolchi hozircha taklifni qabul qilmagan.

Qayd etilishicha, Jonga Ispaniyaning 2 ta klubi ham qiziqish bildirmoqda.

Lukumi «Genk»dan 2022 yil avgustidan beri «Bolonya» sharafini himoya qilmoqda. U «Genk»dan 8 million yevroga sotib olingan. Uning shartnomasi 2026 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter