«Liverpul» «Bavariya»ning Luis Dias bo‘yicha yangi taklifini rad etdi
«Liverpul» va «Bavariya» hamon vinger Luis Diasning transfer shartlarini kelisha olmayapti.
Myunxenliklarning kolumbiyalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olish borasidagi avvalgi urinishlari samara bermagan va yangi taklif ham rad etiladigan ko‘rinadi. Jurnalist Pol Joysning yozishicha, «Bavariya» 28 yoshli futbolchi uchun 70-75 mln yevro to‘lashga tayyorligini bildirgan, ammo «Liverpul»ni bu summa qoniqtirmaydi.
Taxminlarga ko‘ra, Luis Dias Germaniyaga ko‘chib o‘tishga tayyor, ammo transfer amalga oshishini majburlamaydi. Futbolchining mersisaydliklar bilan shartnomasi 2027 yilning yarmigacha mo‘ljallangan, Transfermarkt uning narxini 70 mln yevroga baholamoqda.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/