«Bavariya» Luis Dias uchun «Liverpul»ga rasmiy taklif yubordi

«Bavariya» «Liverpul» vingeri Luis Diasdan voz kechmayapti va uni o‘z safiga qo‘shib olish ustida ishlamoqda. Germaniya Bundesligasi grandi 28 yoshli kolumbiyalik futbolchi transferi bo‘yicha yangi taklif bilan chiqdi, deb xabar bermoqda Sky Germany nashri.

«Bavariya» bu safar «Liverpul»ga aynan qancha million taklif qilganiga manba aniqlik kiritmagan. Ammo gap 67,5 million yevrodan yuqori summa haqida ketmoqda.

Luis Diasning o‘zi «Bavariya»ga o‘tishni istamoqda, agar bunday variant haqiqatga to‘g‘ri kelsa. Ayni damda futbolchi xotirjamlik bilan klublar o‘rtasida kelishuvga erishilishini kutmoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter