Estupinyan «Milan»da o‘ynaydi
«Brayton» himoyachisi Pervis Estupinyan «Milan» bilan kelishuvga erishdi. Bu haqda jurnalist Ben Jeykobs o‘z ijtimoiy tarmoqlarida ma’lum qildi.
Avvalroq, ushbu manba Ekvador terma jamoasi futbolchisiga «Manchester Yunayted» klubi faol qiziqish bildirayotgani haqida xabar bergan edi. «Brayton» Estupinyan o‘rniga allaqachon «Bryugge»dan Maksim de Keyperni sotib oldi.
«Milan» afsonasi Kafu ushbu futbolchi jamoaga juda mos kelishini ta’kidladi.
«U chaqqon, qo‘rqmasdan oldinga boradi, vaziyatni o‘z qo‘liga olishdan qo‘rqmaydi. A Seriya talabchan, lekin bunday jismoniy ko‘rsatkichlar bilan u muvaffaqiyatga erishadi.»
Boshqa OAV ma’lumotlariga ko‘ra, shartnoma 4 mavsumga imzolanadi va ekvadorlikning maoshi yiliga 2 million yevroni tashkil qiladi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/