Neymar va «Santos» yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi

«Santos» Braziliya chempionatining 15-turida safarda «Mirassol»ga 0:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Chiko, Reynaldo va Kristian Renato gollarga mualliflik qildi. Mehmonlar sardori Neymar o‘yinni asosiy tarkibda boshladi va maydonda to‘liq harakat qildi.

Bu o‘yindan so‘ng «Santos» 14 ochko bilan turnir jadvalida 14-o‘rinda, «Mirassol» 21 ochko bilan yettinchi o‘rinda bormoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter