«Fenerbaxche» Chalxano‘g‘li uchun «Inter»ga taklif bilan chiqishga tayyor
Milanning «Inter» klubi yarim himoyachisi Xakan Chalxano‘g‘li «Galatasaroy»ga o‘tmadi, ammo u baribir Turkiyaga yo‘l olishi mumkin.
31 yoshli futbolchiga yangi da’vogar «Fenerbaxche» bo‘lgani haqida avval xabar berilgandi. SportMediaset ma’lumotiga ko‘ra, «sariq kanareykalar» turkiyalik yulduz uchun 15-20 mln yevro taklif qilishga tayyor.
«Inter» Chalxono‘g‘lidan ayrilish niyatida emas. Futbolchining taxminiy narxi 30 million yevrodan ortiq. Xavbekning Italiya grandi bilan shartnomasi 2027 yilning iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan.
Turkiya chempionatining o‘tgan turida «Fenerbaxche» «Galatasaroy»dan ortda qolib, chempionlikni boy berib qo‘ydi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/