«Pumas» Keylor Navasni sotib olishdan bosh tortdi

«Nyuells old Boyz» darvozaboni Keylor Navas «Pumas»ga o‘tmaydi, deya xabar bermoqda Super Deportivo.

Manbaga ko‘ra, klublar o‘rtasidagi muzokaralar yakunlangan, chunki «Pumas» 38 yoshli kosta-rikalik futbolchining transferi uchun 3 million dollar to‘lashga tayyor emas. «Nyuells» futbolchi uchun ushbu summadan kam bo‘lmagan miqdorda pul olmoqchi.

Navas shu yilning yanvarida argentinaliklar safiga kelib qo‘shilgan va 2026 yilning oxirigacha shartnoma imzolagandi. U barcha turnirlarda 16 ta o‘yinda maydonga tushdi va 8 ta o‘yinda 11 ta gol o‘tkazib yubordi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter