«Barsa» «Bavariya» vingeri bilan muzokaralar boshladi
Myunxenning «Bavariya» klubi chap qanot vingeri Brayan Saragosa Ispaniya chempionatiga qaytishi mumkin, deya xabar bermoqda El Chiringuito.
Manbaga ko‘ra, 23 yoshli futbolchini Kataloniyaning «Barselona» klubi o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. «Ko‘k-anorranglilar» vinger vakillari bilan dastlabki muzokaralarni o‘tkazishdi. Saragosaning o‘zi Kataloniya superklubiga o‘tishga tayyor.
Brayanning nemis grandi bilan 2029 yil yozigacha shartnomasi bor. O‘tgan mavsumda Saragosa «Osasuna»da ijara asosida o‘ynagan. U Ispaniya chempionatida 27 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol va 6 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/