«Valensiya» markaziy himoyachisi «Arsenal»ga qanchaga tushadi?

Markaziy himoyachi Kristian Moskera «Valensiya»dan «Arsenal»ga o‘tmoqda. Bu haqda insayder Fabrisio Romano xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, barcha tomonlar kelishuvga erishgan, ammo rasmiy qadamlar hali oldinda. Transfer summasi 15 million yevro va bonus to‘lovlari (umumiy summa 20 million yevrodan oshmaydi) ni tashkil etadi. Ta’kidlanishicha, Moskeraning o‘zi faqat «Arsenal»ga o‘tishni istagan va endi u bilan uzoq muddatli shartnoma imzolaydi.

2024/25 yilgi mavsumda Moskera barcha turnirlarni hisobga olgan holda 41 ta o‘yinda maydonga tushdi va bitta gol muallifiga aylandi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter