“Nyukasl” Gallaxerning transferi uchun 40 mln yevro sarflashga tayyor
“Atletiko” yarim himoyachisi Konor Gallaxer APLga qaytishi mumkin, deya xabar beradi Teamtalk.
Manbaga ko‘ra, 25 yoshli angliyalik futbolchiga “Nyukasl” klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda. “Qarg‘alar” Chempionlar ligasida ishtirok etadi va tarkibni kuchaytirishga kirishgan.
Gallaxer jamoaning asosiy transfer maqsadlaridan biriga aylangan. Futbolchining bozor qiymati 40 million yevroga baholanmoqda.
O‘tgan mavsumda u “matraschilar” safida barcha turnirlarda 50 ta o‘yinda ishtirok etib, 4 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/