Mourinyo jamoasiga «Real» sobiq futbolchisi kelib qo‘shiladi

Istanbulning «Fenerbaxche» klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyo «Real»ning sobiq futbolchisi – hujumkor yarim himoyachi Marko Asensioni o‘z safiga qo‘shib olishga yaqin turibdi. Ijtimoiy tarmoqlarda nufuzli jurnalist Fabrisio Romanoning hamkasbi Yag‘iz Sabunchuo‘g‘liga tayanib xabar berishicha, bitim yakuniy bosqichda.

29 yoshli Asensio allaqachon «Fenerbahche»ga o‘tishga rozilik bergan. «PSJ»dan so‘nggi yashil chiroqni olish qoldi, xolos.

Xabaringiz bor, Marko Asensio 2024/2025 yilgi mavsumning ikkinchi qismida ijara asosida Angliyada «Aston Villa» sharafini himoya qilgan edi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter