Rustam Ashurmatov: «Bu transfer amalga oshmaganidan «Rubin»dagilar xursand bo‘lishdi»
«Rubin»ning sobiq himoyachisi Rustam Ashurmatov qozonliklar forvardi Mirlind Dakuning «Zenit»ga amalga oshmay qolgan transferi haqida fikr bildirdi.
«Jamoadagilar Dakuning «Zenit»ga transferi barbod bo‘lganidan xursand bo‘lishdi. Boshqa hujumchi topilgan taqdirda ham, u xuddi shunday o‘ynashi aniq emas,» – deya Ashurmatovning so‘zlarini keltiradi «Chempionat.»
Daku 2023 yildan beri «Rubin» sharafini himoya qilmoqda. U o‘tgan mavsumda RPL va Rossiya Kubogida 29 ta o‘yinda maydonga tushib, 15 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/