«Real» Endrikni ijaraga qo‘yib yuboradi

«Real» yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rmoqda va klublar o‘rtasidagi jahon chempionatidan keyin jamoa tarkibi o‘zgarishi mumkin. El Chiringuito TV dasturida «qaymoqranglilar» yozda Endrikni ijaraga bermoqchi ekani haqida ma’lumot berildi.

21 iyul kuni Endrik 19 yoshga to‘ladi. Forvard bir yil oldin «Real» tarkibini to‘ldirdi. O‘shandan beri braziliyalik 37 ta o‘yinda qatnashib, yettita gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Umuman olganda, yosh futbolchi u qadar ko‘p o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmadi.

Aytish kerakki, yozda «Real» tarkibida iqtidorli hujumchi Gonsalo Garsiya o‘zini ko‘rsatdi. 21 yoshli futbolchi klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida beshta o‘yinda maydonga tushib, to‘rtta gol urgan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter