Flik «Barselona»ning ikki futbolchisini sotishga taqiq qo‘ydi

«Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik jamoada yarim himoyachi Fermin Lopes va markaziy himoyachi Erik Garsiyani saqlab qolmoqchi.

Germaniyalik murabbiy har ikki futbolchining o‘yinidan mamnun va klub yozda ular uchun transfer takliflarini ko‘rib chiqishini istamayapti, deb yozadi jurnalist Ferran Korreas.

Murabbiy allaqachon «ko‘k-anorranglilar» rahbariyatiga Lopes va Garsiyani daxlsiz deb hisoblashini ma’lum qilgan.

Ikkala futbolchi ham Kataloniya grandining asosiy tarkibida doimiy o‘ringa ega emas, shu sababli ularning ketishi mumkinligi haqida mish-mishlar tarqalgan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter